08:08 “Miraki” xizmatidan keksalar mamnun | |
Yoshi ulug‘ insonlarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularni e’zozlash va duosini olish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan. Mustaqillik yillarida bu ulug‘ fazilat yanada yuksalib, davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimizning 2014-yil 13-oktabrdagi “1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirishda muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur hujjat Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tibbiy, sanatoriya-sog‘lomlashtirish sohasida xizmat ko‘rsatish sifati va darajasini oshirish hisobiga ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash uchun yanada qulay sharoit yaratishda muhim asos bo‘lib xizmat qilayotir. Sanatoriya-sog‘lomlashtirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlandi. Bunday muassasalarda urush va mehnat fronti faxriylarining sog‘lomlashtirilishini ta’minlash uchun zarur sharoit yaratildi. Urush va mehnat fronti faxriylari bo‘limi tashkil etildi. Buni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi dengiz sathidan ming metr balandlikda, Hisor tog‘ tizmalari va Oqsuv daryosi bo‘yida joylashgan “Miraki” sanatoriyasi mas’uliyati cheklangan jamiyati misolida ham ko‘rish mumkin. Sihatgohda asab tizimi, yuqori nafas yo‘llari, tayanch harakat a’zolari, yurak qon-tomir, qon bosimi, yurak eshemik kasalliklari, revmatizm va uning asoratlari, miokard infarkdan keyingi holatlar, uyqusizlik, bosh miya qon aylanishining surunkali buzilishi, osteoxondroz, bel va bo‘yin umurtqasining disk churralari kabi kasalliklar davolanadi. – Faxriylar uchun ajratilgan bo‘limdagi xonalar ta’mirdan chiqarildi, – deydi direktorning davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkir Azizov. – Har bir xonaga zarur moslama o‘rnatilgan. Dam oluvchilarni nafaqat sog‘lomlashtirish, balki ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha ham tayyorgarlik ishlari ko‘rilgan. Xonalar televizor va radiopriyomnik bilan ta’minlangan, vaqtli matbuot nashrlari yetkazib beriladi. Sihatgohda o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlardan dam oluvchilar mamnun. Faxriylar ishtirokida ikki avlod uchrashuvlarini tashkil etish, konsertlar uyushtirish, tarixiy qadamjolarga sayohatlar hamda teatrlarga tashriflar shular jumlasidandir. – “Miraki” sanatoriyasi menga har tomonlama ma’qul bo‘ldi, – deydi buxorolik Xurmo momo Niyozova. – Sharoitlari zo‘r. Shifokoru hamshiralar shirinso‘z. Havosi juda toza. Toza havo – tanga davo, deganlaridek, miriqib xordiq chiqaryapmiz. Biz, qariyalarga shunday sharoitlar yaratib berayotgan Yurtboshimizdan minnatdormiz. Sihatgohda joriy yilgi mavsumda mingdan ziyod faxriylarni sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan. – Oyoq, bel va asab xastaliklari bezovta qilardi, – deydi g‘uzorlik mehnat faxriysi Ollomurod Elmurodov. – Malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tdim. Baraka topsin, qo‘llari yengil ekan, og‘riqlardan forig‘ bo‘ldim. O‘zimni yengil his etyapman. O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA Yoshi ulug‘ insonlarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularni e’zozlash va duosini olish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan. Mustaqillik yillarida bu ulug‘ fazilat yanada yuksalib, davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Prezidentimizning 2014-yil 13-oktabrdagi “1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirishda muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur hujjat Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tibbiy, sanatoriya-sog‘lomlashtirish sohasida xizmat ko‘rsatish sifati va darajasini oshirish hisobiga ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash uchun yanada qulay sharoit yaratishda muhim asos bo‘lib xizmat qilayotir.
Sanatoriya-sog‘lomlashtirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlandi. Bunday muassasalarda urush va mehnat fronti faxriylarining sog‘lomlashtirilishini ta’minlash uchun zarur sharoit yaratildi. Urush va mehnat fronti faxriylari bo‘limi tashkil etildi.
Buni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi dengiz sathidan ming metr balandlikda, Hisor tog‘ tizmalari va Oqsuv daryosi bo‘yida joylashgan “Miraki” sanatoriyasi mas’uliyati cheklangan jamiyati misolida ham ko‘rish mumkin.
Sihatgohda asab tizimi, yuqori nafas yo‘llari, tayanch harakat a’zolari, yurak qon-tomir, qon bosimi, yurak eshemik kasalliklari, revmatizm va uning asoratlari, miokard infarkdan keyingi holatlar, uyqusizlik, bosh miya qon aylanishining surunkali buzilishi, osteoxondroz, bel va bo‘yin umurtqasining disk churralari kabi kasalliklar davolanadi.
– Faxriylar uchun ajratilgan bo‘limdagi xonalar ta’mirdan chiqarildi, – deydi direktorning davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkir Azizov. – Har bir xonaga zarur moslama o‘rnatilgan. Dam oluvchilarni nafaqat sog‘lomlashtirish, balki ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha ham tayyorgarlik ishlari ko‘rilgan. Xonalar televizor va radiopriyomnik bilan ta’minlangan, vaqtli matbuot nashrlari yetkazib beriladi.
Sihatgohda o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlardan dam oluvchilar mamnun. Faxriylar ishtirokida ikki avlod uchrashuvlarini tashkil etish, konsertlar uyushtirish, tarixiy qadamjolarga sayohatlar hamda teatrlarga tashriflar shular jumlasidandir.
– “Miraki” sanatoriyasi menga har tomonlama ma’qul bo‘ldi, – deydi buxorolik Xurmo momo Niyozova. – Sharoitlari zo‘r. Shifokoru hamshiralar shirinso‘z. Havosi juda toza. Toza havo – tanga davo, deganlaridek, miriqib xordiq chiqaryapmiz. Biz, qariyalarga shunday sharoitlar yaratib berayotgan Yurtboshimizdan minnatdormiz.
Sihatgohda joriy yilgi mavsumda mingdan ziyod faxriylarni sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan.
– Oyoq, bel va asab xastaliklari bezovta qilardi, – deydi g‘uzorlik mehnat faxriysi Ollomurod Elmurodov. – Malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tdim. Baraka topsin, qo‘llari yengil ekan, og‘riqlardan forig‘ bo‘ldim. O‘zimni yengil his etyapman.
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA | |
|
| |
| Всего комментариев: 0 | |



