Главная » 2014 » Май » 14 » Omonmisiz Rossiyada yurgan do'slarim?
06:28
Omonmisiz Rossiyada yurgan do'slarim?

Qishi bilan devzira osh yeb yurgan do'slarim.

Bahor kelib bilet olib surgan do'slarim.

Musofirlik azobini korgan do'slarim.

Omonmisiz Rossiyada yurgan do'slarim?

Asrab yursin duolaru tumoringiz.

Sizni kutar bilyard fudbol qimoringiz?

Bizni esa tutar sizni humoringiz.

Omonmisiz Rossiyada yurgan do'slarim?

Charchaganda Samagondan ichib turing.

Oqquloqa baland uylar solib turing.

Zerikkanda adnoga ham kirib turing.

Omonmisiz Rossiyada yurgan do'slarim.

Bilaman men. Ablisovka urmoqdasiz.

Yo devorga shpaklovka surmoqdasiz.

Topdingiz deb balki qotib kulmoqdasiz.

Omonmgsiz Rossiyada yurgan do'slarim.

Men ham sizday sog'inganman mahalamizni.

Sog'inganman muzdek shirin suvlarimizni.

Sog'intirib jigar o'g'il qizlaringizni.

Omonmisiz Rossiyada yurgan do'slarim.

Ko'rishamiz nasib bo'lsa kuz kelganda.

Qilichini yalang'och qilib muz kelganda.

Yozib qo'ydim xazil huzul so'z kelganda.

Omonmisizlar Rossiyada yurgan do'slarim. . .

Категория: Miraki Haqida | Просмотров: 1246 | Добавил: DostoN | Рейтинг: 1.9/8
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]