Главная » 2013 » Апрель » 17 » Lochin Lageri
09:06
Lochin Lageri
 

Shahrisabzdagi "Lochin" bolalar oromgohi Parijdagi Eyfel minorasi, Hindistonning Agra shahridagi Toj Mahal, Rimdagi Kolizey, Qadimgi Gretsiyaning Artemida ibodatxonasi kabi ko’hna inshootlarning ulkan maketlari O’zbekistonda bunyod etildi. Ushbu dunyo ajoyibotlarini tomosha qilish uchun endi dunyo bo’ylab sayohatga chiqishning hojati yo’q. Chunki ularni shu yerda, Vatanimizda tomosha qilishingiz mumkin.

O’zbekistonning Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri yaqinida Miraki posyolkasi bor. Bu yerda bolalarning "Lochin” yozgi oromgohi joylashgan. Haykaltarosh Abdunabi Mamadiyev dunyo mo’jizasi bo’lgan mashhur obidalarning o’xshash nusxalarini xuddi shu yerda bunyod

etdi.

"Lochin” lageri tog’ bag’rida joylashgan. Bundan olti yil muqaddam go’zal tabiat qo’ynidagi oromgoh husniga yanada husn qo’shish hamda bu yerda dam oluvchi bolajonlar uchun dunyo mo’jizalarini namoyish etish maqsadida haykaltarosh Abdunabi Mamadiyevni ajoyib bir loyiha ustida ishlashga taklif qilishdi. Haykaltarosh bu yerda 6 yil ishlab, dunyo mo’jizalarining asliga ko’z qo’ygandek o’xshash bo’lgan ulkan maketlarini yasadi.

Tarixiy obidalarni bunyod etishda marmar, keramika, g’isht, metal kabi qurilish materiallaridan foydalanildi. Hindistondagi Toj Mahal saroyi, yunonlarning Artemida ibodatxonasi, Rimdagi Kolizey binosi, Parijdagi Eyfel minorasi kabi dunyo arxitekturasining mo’jizasi bo’lgan inshootlar "Lochin” oromgohi maydonida qad ko’tardi. Ular qatorida Registon maydoni kabi milliy arxitektura namunalari ham bunyod etilgan.

 

 
Категория: Miraki Haqida | Просмотров: 3325 | Добавил: DostoN | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 5
0  
4 OYBEKXO'ja   (17.02.2014 10:15) [Материал]
kim ochdi bu saytni agar xoxlovchilar bosa whats app tarmog'ida lochin gruppasi ochilgan qowilgisi keganla 1173626 nomeriga tel qilila

0  
5 ADMIN   (16.08.2017 08:21) [Материал]
Albatta man dry

0  
3 OYBEKXO'ja   (17.02.2014 10:13) [Материал]
2013 yilgi yangiliklarni kiritila iltimos ilojisi bosa MITHA OYBEKXO'ja

0  
1 Johon   (31.10.2013 09:10) [Материал]
2013 yilgi Lochin taassurotlarini, dunyoning yetti mujizasiga kiritilgan PIRAMIDA minorasining Lochindagi kichik ko'rinishini qurilib bitqazilganini va Lochinning yangi musiqasini, Yangi rasmlarni va shu kabi boshqa yangiliklarni kiritishingizni sizlardan iltimos qilib so'rab qolamiz. Mitha Faxrijahon

0  
2 mix-admin   (17.12.2013 22:37) [Материал]
Albatta kiritamiza

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]